A- A A+

«GIDROLOYIHA» AJ MARKAZIY LOYIHA-QIDIRUV INSTITUTI

Hurmatli do’stlar va hamkasblar!

«Gidroloyiha» Markaziy loyiha-qidiruv institutining 84 yillik tarixi – jamoaning ko’p yillik fidokorona mehnati va mamlakat tarixini aks ettiradi

Biz tomonimizdan ishlab chiqilgan loyihalar bo’yicha O’zbekistonda, Markaziy Osiyo respublikalarida va boshqa davlatlarda umumiy belgilangan 8,5 mln. kVt quvvatga ega 70 tadan ortiq gidroelektrostansiyalar qurilgan va hozirda muvaffaqiyatli foydalanib kelinmoqda, ular har yili taxminan soatiga 30 mlrd. kVt elektr energiya ishlab chiqaradi.

Murakkab geologik va seysmik sharoitlarga ega baland tog’lar va tekisliklarda joylashgan gidroelektrostansiyalarni o’z ichiga olgan majmui gidrouzellarni loyihalash va qurishda juda boy tajriba to’plangan.

«Gidroloyiha» AJ O’zbekistonda ham, uning hududidan tashqarida ham amaldagi gidroelektrostansiyalarning ishonchliligi va xavfsizligini ta’minlash, yangi gidroenergetik, suv xo’jaligi, sanoat-fuqarolik ob’ektlarini, avtomobil yo’llari va temir yo’l tunellarini, muhandislik ta’minoti va obodonlashtirish ob’ektlarini qurish bo’yicha loyiha-qidiruv ishlarini bajaradi.

Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, «Gidroloyiha» AJ rahbariyati jamoa ishonchi va qo’llab-quvvatlashi tufayli nafaqat institutning malakali kadrlarini, arxivlari va moddiy-texnik bazasini saqlab qolishga, balki raqamli usullar va kompyuter texnikasidan foydalanib zamonaviy loyihalash-qidiruv texnologiyalariga o’tish hisobiga sifatli yangilanishni amalga oshirishga ham muvaffaq bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995 yildagi MDH mamlakatlari orasida yagona hisoblangan suv xo’jaligi ob’ektlarida kichik GESlar qurilishi dasturi realizasiya qilinishini boshlash to’g’risidagi qarori «Gidroloyiha» AJning kelgusi rivojlanishiga undovchi omil bo’ldi, ushbu qurilishning birinchi bosqichi yakunlanmoqda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining 2009 yilda qabul qilingan qarorlari bilan mamlakatimizda mavjud gidroelektrostansiyalarni zamonaviylashtirish va yangi gidroelektrostansiyalarni qurish bo’yicha yangi keng dastur ochildi.

Xorijiy buyurtmachilar bilan samarali va o’zaro foydali hamkorlik qilishdan mamnunmiz. Ko’plab ixtisoslashgan tashkilotlar va texnologik uskunalar ishlab chiqaruvchi zavodlar bilan so’nggi fan-texnika yutuqlari va ularni tatbiq qilish to’g’risida axborot almashinuvi yuzasidan hamkorlik munosabatlari o’rnatilgan. «Gidroloyiha» AJ xalqaro «Gidroloyiha assosiasiyasi»ning ko’p yillik doimiy a’zosi hisoblanadi.  

«Gidroloyiha» AJda ishlab chiqariladigan mahsulot sifatining amaldagi boshqaruv tizimi institut sifat menejmenti tizimining ISO 9001:2008 standarti talablariga muvofiqlik xalqaro sertifikati bilan tasdiqlangan.     

Biz imkon qadar faxriylarimizga g’amxo’rlik ko’rsatib, diqqat-e’tibor qaratib kelmoqdamiz, yoshlar rivojlanishiga va o’qishiga alohida ustuvorlik bermoqdamiz.

«Gidroloyiha» AJ O’zbekiston Respublikasida gidroelektrostansiyalarni o’z ichiga olgan majmui gidrouzellar va yuqori xavfli boshqa ob’ektlar bo’yicha loyihalash-qidiruv ishlari sohasida markaziy tashkilot hisoblanadi, mintaqada va uning tashqarisida yetakchi loyihalash-qidiruv tashkilotlaridan biri mavqeini saqlab qoladi va yanada rivojlantiradi.

«Gidroloyiha» AJ har doim Sizning ishonchli hamkoringiz bo’lgan va shunday bo’lib qoladi!

Hurmat bilan, A.I. Axmedov