ISO 9001:2015
Loyiha-qidiruv ishlari sifatini yanada oshirish maqsadida institutda ilg’or hisoblash texnikasidan foydalanishga asoslangan avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish texnologiyasi, ISO 9001:2008 xalqaro standarti asosidagi sifat tizimi joriy qilingan, faoliyat sohasi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar takomillashtirilmoqda.
Sifat tizimi ishlab chiqarish jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi va mazkur holatda o’zaro bog’liq va bosqichma-bosqich realizasiya qilinadigan funksiyalar, tadbirlar, shuningdek rejalashtirilgan maqsadlarga erishish uchun boshqariladigan tashkiliy tuzilmalar majmui sifatida belgilanadi.
Loyihalashtirishning butun texnologik jarayoni (hujjatlarni ishlab chiqish uchun buyurtma olishdan uni tasdiqlashgacha) alohida bosqichlar (operasiyalar)ga bo’lingan bo’lib, ularning ijro qilinish tartibi hujjatlashtirilgan. Bu tizimning texnologik asosini tashkil qiladi.
Tegishli sertifikat
Oldingi sertifikatlari