Auditorlik tashkilotini saralab olish bo’yicha tanlov to’g’risida
Auditorlik tashkilotlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 04 apreldagi PQ-615-son Qarori bilan tasdiqlangan Auditorlik tashkilotlari to’g’risidagi Nizom talablariga javob berishlari, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilangan auditorlik tashkilotlari ro’yxatida turishlari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan berilgan auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyaga, sug’urta polisiga ega bo’lishlari, auditorlik bo’yicha xizmatlar ko’rsatish uchun kerakli yirik tashkilotlar, korxonalar (eng kamida 3 yil) va xodimlar bilan ish tajribasiga ega bo’lishlari kerak.
Tanlovda qatnashish uchun barcha manfaatdor auditorlik tashkilotlari 2017 yil 07 fevralgacha muddatda “Gidroloyiha” AJga tashkilot rahbari imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan erkin shakldagi rozilik xatini taqdim qilishlari kerak.
Tanlovda qatnashish uchun rozilik xati quyidagi manzil bo’yicha qabul qilinadi: 100100, Toshkent shahar, Bobur ko’chasi, 20-uy, 212-kv.
Ma’lumotlar uchun telefon raqamlari: 0(371) 255-35-96, (97) 333-05-96, faks: 0(371) 254-67-09.
Elektron pochta: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.
“Gidroloyiha” AJ Kuzatuv kengashi.
31.01.2017 yil.